Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagan rossiyaliklar qo‘lga olindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSotrudnik politsii u zdaniya Moskovskogo oblastnogo suda
Sotrudnik politsii u zdaniya Moskovskogo oblastnogo suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda kaltaklangan o‘zbekistonlik bo‘yicha bayonot berdi.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi kaltaklanishi bo‘yicha OAVlarda tarqalgan ma’lumot yuzasidan bayonot berdi.

Kareta skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Antalyada halok bo‘ldi

“Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yilning 18-iyul kuni mazkur shaharning Frunze tumanida O‘zbekiston fuqarosi M.K.ning noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, pul va qimmatbaho buyumlari olib qo‘yilgani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra mazkur jinoyatni sodir qilishda gumon qilinayotgan 3 nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bosh konsulxona huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Yangiliklar lentasi
0