TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Germaniyaning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Siemens konserni prezident va bosh direktori Djo Kezer AQSh “irqchilik yuzi” ga aylanib borayotganidan afsusda ekanini xabar qildi.
“Meni dnyodagi eng muhim siyosiy muassasa – “irqchilik va ayirmachilik yuzi”ga aylib borayotgani afsuslantirmoqda”, - deb yozgan Kezer Twitterda.
Ushbu izohni Siemens direktori AQSh prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlarining kelib chiqishi Somalidan bo‘lgan ayol deputat Illxan Omarga qarata aytgan so‘zlaridan keyin qoldirgan.
“Men AQShda ko‘p yilllar yashaganman va oldin hech qachon ko‘rmgan erkinlik, toqatlilik va ochiqlikning guvohi bo‘lganman”, - deb qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentini tez-tez tanqid qiluvchi demokrat-deputat Ilxan Omarga Donald Tramp “Agar AQSh hukumati unga yoqmayotgan bo‘lsa uyiga jo‘natib yuboringlar” degan edi.