Namangan bozorining non rastasi yonib ketdi

© Upravlenie pojarnoy bezopasnosti Namanganskoy oblastiKrupniy pojar vspixnul na rinke Chorsu v Namangane
Krupniy pojar vspixnul na rinke Chorsu v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan bozorida yuz bergan yong‘inda bozor va unga qo‘shni bo‘lgan do‘konlarning 800 m kv. tomi yonib ketdi.

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘tgan tunda Namangan shahridagi “Chorsu” bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Daryo.

© Upravlenie pojarnoy bezopasnosti Namanganskoy oblastiKrupniy pojar vspixnul na rinke Chorsu v Namangane
Namangan bozorining non rastasi yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Krupniy pojar vspixnul na rinke Chorsu v Namangane

Namangan viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 21-iyul kuni soat 01:38 da yong‘in haqida xabar qilingan. Oradan 4 daqiqa o‘tib, yong‘inni o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bozorning non rastasi alanga olgan. Rastaning shift hamda tom qismidan 600 kvadrat metr joyi va jihozlar, bozor hududiga tutash “Zulayho sanoat savdo” MChJga qarashli dorixona va uchta savdo do‘konining shift, tom qismidan 200 kvadrat metr joyi jihozlari bilan, jami 800 kvadrat metr maydon yongan. Ushbu do‘konlar atrofida bo‘lgan “Moskvich-412” rusumli avtomobil ham yonib ketgan.

Soat 02:00lar atrofida yong‘in bo‘layotgan hudud qurshab olingan va 45 daqiqa ichida olov o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishda 12 ta ekipaj ishtirok etgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0