Eron hibsga olgan tankerning ekipaji sog‘ va omon

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov / Mediabankka o‘tishTanker v Kaspiyskom more
Tanker v Kaspiyskom more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron hibsga olgan Britaniya tankerining ekipaj a’zolari haqida xabar tarqatdi.

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Eron hukumati 19-iyul kuni qo‘lga olingan Stena Impero tankerining ekipaj a’zolari sog‘-salomat ekanligini va ularga hech qanday xavf tahdid solmayotganini xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Tanker xavfsiz joyda turibdi, 23 nafar ekipaj a’zolari uning bortida. Ular orasida hindistonliklar, rossiyaliklar, filippinlar va latviyaliklar bor. Ularning barchasi sog‘-salomat. Ularga hech qanday xavf tahdid qilmayapti”, - deyilgan xabarda.

19 iyul kuni Eron maxsus kuchlari Britaniya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Stena Impero tankerini hibsga olib Badar-Abbas portiga olib kelgan edi. Eronning ushbu harakatlari Britaniya hukumati buyrug‘i bilan Eron tankerining hibsga olinishiga qarshi qo‘yilgan qadam deb qabul qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyul kuni Gibraltar Eronga tegishli bo‘lgan “Grace 1” kemasining hibsga oligan edi. Sud tanker ekipajini 15-avgustgacha hibsga olgan. Ayblov – YeI sanksiyalariga rioya qilmagan holda Suriyadan neft tashish.

Yuqorida nomi keltirilgan Stena Impero ham aynan shunday faoliyat bilan – ya’ni Suriyadan neft kontrabandasi bilan shug‘ullanayogan bo‘lgan. Faqat u Britaniya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0