Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari kuzda Toshkentda uchrashishlari kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tashkent
Goroda mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati ushbu uchrashuvni Toshkentda bahorda o‘tkazilishi rejalashtirgan, ammo u qoldirilgan edi

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. Markaziy osiyo rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi joriy yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

 GRES - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi

O‘zbekiston hukumati ushbu uchrashuvni Toshkentda bahorda o‘tkazilishini rejalashtirgan, ammo u qoldirilgan edi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida O‘zbekistonning investitsion salohiyati va kapital bozori istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazgan. Taqdimotda mamlakatni rivojlantirish Strategiyasini amalga oshirish jarayoni, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va O‘zbekiston – AQSh munosabatlarining istiqbollari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan.

Taqdimot doirasida AQSh Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Liza Kertis O‘zbekistonning oxirigi 2,5 yilda haqiqiy savdo va tranzit chorrahasi sifatida qayta tiklanayotgan mintaqadagi o‘zgarishlar manbaiga aylanayotganligini e’tirof etgan va O‘zbekistondagi islohotlar va o‘zgarishlar mintaqaviy hamkorlikni qayta tiklaganini ta’kidlagan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvini joriy yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish rejalari misol tariqasida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0