UzAutoMotors avtomobillari aksiz solig‘idan ozod qilinadi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAutoMotors tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 2019 yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha UzAutoMotors AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
To‘q feruza rang: O‘zbekistonda yangi rangdagi avtomobillarga talab kuchaydi

Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan18 iyul kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanish bo‘yicha qo‘shicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorida ko‘zda tutilgan.

Qaror bilan yangi tartib o‘rnatiladi:

a) 2020-yil 1-yanvargacha “O‘zavtosanoat” AJ davlat mahsulotlarini (ishlarini, xizmatlarini) sotish bo‘yicha texnik topshiriqlarni va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” Davlat unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan tashkilotlarni tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

b) UzAutoMotors AJning 2019-yilning 1-oktabridan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha avtomobillariga aksiz solig‘i bekor qilinadi;

v) 2019-yilning 1-oktabridan milliy ishlab chiqaruvchilarning yangi avtotransport vositasini xarid qilganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1-oktabrdan trade-in dasturi ishga tushirilishi haqida xabar qilgan edik. Unga ko‘ra eski avtomobilni qo‘shimcha to‘lov bilan yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0