Stop! Poroshenko Yevroparlament majlislar zaliga kiritilmadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPetr Poroshenko
Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenko Yevroparlament majlislar zaliga kiritilmadi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenko Yevroparlament majlislar zaliga kiritilmadi. U peshayvonga jo‘natildi. Bu haqda RIA Novosti Strana.ua nashriga asoslanib xabar qilmoqda.

Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko: “Ukraina Qrimdan voz kechishi mumkin”

Voqea 17-iyulda bo‘lib o‘tgan. Xabarda ta’kidlanishicha, shu kuni Poroshenko Ukrainaning Davlat tergov burosiga jinoiy daromadlarni yuvish ishi bo‘yicha so‘roqqa borishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, OAVda Potr Poroshenko 17-iyul kuni Yevroparlamentga taklif qilingan mehmonlar ro‘yxatida yo‘qligi haqida xabar paydo bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Davlat tergov burosi direktori Roman Truba Poroshenko va uning jamoasiga qarshi 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, u sobiq rahbar 300 mln dollarlik jinoiy daromadni qonuniylashtirish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roqqa chaqirtirilgani, ammo u so‘roqqa kelmaganini aytib o‘tgandi. 

Poroshenkoning advokati Igor Golovanov u "saylovlar bilan bog‘liq faoliyat" bilan band bo‘lganligi sababli so‘roqqa kelmaganini tushuntirib, sobiq davlat rahbari parlament saylovlari o‘z nihoyasiga yetmagunga qadar tergovchining oldiga bormasligini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0