TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 21-24 iyul kunlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkent shaharlarida Prezident maktablariga asosiy qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi asosiy imtihon natijalariga ko‘ra Prezident maktabiga qabul qilinmagan bir guruh o‘quvchilarni boshqa ixtisoslashgan maktablarga imtihonsiz qabulni tavsiya qilishni rejalashtirmoqda.
“Cambridge Assessment International Education” (Buyuk Britaniya) tashkiloti 29-iyundan 2-iyulga qadar Prezident maktablariga saralash imtihonlarini o‘tkazgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-fevralida prezident Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.