Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lov undiriladi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovOvsi v zagone
Ovsi v zagone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mol, ot va mayda shoxli mollarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida hujjat loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Veterinariya davlat qo‘mitasi “Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Meditsinskaya sestra - Sputnik O‘zbekiston
Davlat budjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ishlab chiqildi

Hujjatga hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Qayd etilishicha, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun saqlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘paytirayotgan, boqayotgan hayvonlari identifikatsiya obyekti bo‘lib hisoblanadi.

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvon egalaridan quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:

- yirik shoxli mollar, ot, eshak va tuyalar - O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 foizi;

- mayda shoxli mollar, cho‘chqa – BHMning 1,5 foizi;

- it va mushuklar – BHMning 1 foizi.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari veterinariya muassasasi va hayvon egalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Yangiliklar lentasi
0