O‘zbekiston shaharlarida Xitoy lash-lushlari ko‘payib ketdi – Madaniyat vaziri o‘rinbosari

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKamola Akilova, zamestitel ministra kulturi Uzbekistana
Kamola Akilova,  zamestitel ministra kulturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoydan keltirilgan suvenirlar shaharlarni bezatishda ishlatilayotganiga doir fikr bildirdi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. O‘zbekiston shaharlari tashqi bezagida Xitoydan keltirilayotgan mollarni ishlatish - bu madaniy saviya yetarli emasligidan dalolat beradi, deya fikr bildirmoqda O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova.

"Biz shaharlarimizning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishimiz lozim. Nima sababdan Samarqanddagi xiyobonni o‘zgartirishga urinishmoqda. O‘zgartirish kerak emas. Samarqandni Samarqand, Buxoroni Buxoro qiluvchi narsalarni asrab qolishimiz kerak. Har bir zamonaviy o‘zgarish esa milliy an’analarimiz asosida amalga oshirilishi kerak”, - deya hisoblaydi Akilova.

Erkin Turdimov: "Universitet bulvari" bizning yuzimiz, lekin odamlar u yerga bormay qo‘ygan

Ayol ta’kidiga ko‘ra, har bir shaharning bosh rejasi bo‘lishi kerak. Rejada shaharning tarixiy qismi va yangi binolar qurilishi mumkin bo‘lgan qismlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart va zarur.

Vazir o‘rinbosari O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoydan keltirilgan esdalik sovg‘alar sotilishiga doir ham o‘z fikrlarini bildirdi.

"Hattoki Venetsiyada Xitoy tovarlari muayan masofagacha yaqinlashtirilmaydi. O‘ylashimcha, biz, albatta, tartib o‘rnatishimiz darkor. Hind sharflari, Xitoy lash-lushlari juda ko‘payib ketdi. O‘zimizning hunarmandlarimizning tovarlari bo‘lsa – marhamat”, - dedi Akilova.

Yangiliklar lentasi
0