KXDR tahdidiga qaramay, AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© AFP / JUNG YEON-JEVoyennie ucheniya v Yujnoy Korei
Voyennie ucheniya v Yujnoy Korei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 iyun kuni AQSh va KXDR Koreyadagi qurolsizlantirilgan zonada o‘tkazilgan uchinchi sammit vaqtida yaqin orada yadroviy masalaga yechim topish uchun ishchi muzokaralarni boshlashga kelishib olishgan edi

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Janubiy Koreya va AQSh "19-2 Tonmen" harbiy mashg‘ulotlarini oldindan belgilangan vaqtda o‘tkazadigan bo‘ldi. Mashg‘ulotlar KXDR tomonidan bu Amerika-Shimoliy Koreya o‘rtasidagi yadroviy masalaga doir muzokaralarni yo‘qqa chiqarishi mumkinligi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, o‘tkazilmoqda, deb ma’lum qildi payshanba kuni Koreya Mudofaa vaziri vakili Soy Xon Su. RIA Novosti xabari asosida.

 Prezident SShA Donald Tramp vstrechayetsya s severokoreyskim liderom Kim Chen Inom v demilitarizovannoy zone, razdelyayushey dve Korei, v Panmunjome. Yujnaya Koreya, 30-iyunya 2019 goda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va KXDR jurnalistlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Soy Xon Suga ko‘ra, "tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda".

Janubiy Koreya harbiy idorasi saytida bu borada hozircha rasmiy xabarlar e’lon qilingani yo‘q.

Ta’kidlanishicha, shimoliy koreyaliklar AQSh va Janubiy Koreyaning "Tonmen", ya’ni "Ittifoq" ma’nosini bildiruvchi nom ostida harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazayotganidan tashvishda. Yangicha nom ostidagi ilk mashg‘ulotlar Key Resolve va Foal Eagle mashg‘ulotlari ostida joriy yil mart oyida o‘tkazilgan edi.

30 iyun kuni AQSh va KXDR Koreyadagi qurolsizlantirilgan zonada o‘tkazilgan uchinchi sammit vaqtida yaqin orada yadroviy masalaga yechim topish uchun ishchi muzokaralarni boshlashga kelishib olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0