TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilari o‘z ishtirokini boshlashadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Bugun saralash bahslarining so‘nggi kuni o‘tkazilib, unda erkaklar o‘rtasida rapira, ayollar o‘rtasida sablya qurolida bahslar o‘tkaziladi.
“Sablyada kechadigan janglarda terma jamoamizning 4 vakili yurtimiz sharafini himoya qiladi. Unda quyidagi sportchilarimiz pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi: Yana Obinseva, Paola Pliyego, Sevinch Ismoilova, Zaynab Dayibekova”, - deyilgan xabarda.
Bungacha o‘tkazilgan bahslar natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik shpagachilardan Oleg Sokolov hamda Malika Hakimova, rapirada Yana Alborova pley-off bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.