TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Bugun, 17-iyul kuni Abdulla Aripov va Asqar Mamin “Beyneu-Akjigit-O‘zbekiston chegarasi” xalqaro avtomagistral yo‘lini ochib berishdi. Bu haqda Qozog‘iston hukumatining rasmiy Instagram-akkauntida xabar yozilgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Bu yo‘l o‘zbek mahsulotlari qisqa vaqtda Qozog‘iston suv portlari va avto yo‘llari orqali Rossiya va Kavkaz davlatlariga chiqishga yordam beradi”, - dedi Qozog‘iston bosh vaziri.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘tgan yili tovar ayirboshlash xajmi 3 milliard dollarni tashkil qildi, yil boshidan bu ko‘rsatkich 25 foizga ortdi.
Bu yo‘lning uzunligi 84 kilometrni tashkil qiladi. Bu muhim obyekt xalqaro tranzit "Toshkent-Samarqand-Buxoro-Nukus-Beyneu-Atirau-Astraxan” yo‘nalishiga kiradi. Bu yo‘lni qayta ta’mirlash uchun 108 million dollar ajratildi.