TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Bektemir tumani “Qoʻyliq” dehqon bozorining markaziy kirish yoʻlagida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda IIV xabar qildi.
20 Mart 2019, 17:59
Xabarda aytilishiga koʻra, 15 iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro “Qoʻyliq” bozorining markaziy kirish yoʻlagida oʻzaro janjal tufayli Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli T.F.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada T.F. kasalxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi qoʻlga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.