Dunyoda

Tojikiston Xitoyda uygʻurlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qoʻllab-quvvatladi

© REUTERS / Thomas PeterLyudi proxodyat mimo kitayskix flagov v Kashgare, Sintszyan-Uygurskiy avtonomnыy rayon, Kitay
Lyudi proxodyat mimo kitayskix flagov v Kashgare, Sintszyan-Uygurskiy avtonomnыy rayon, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tojikiston Xitoyda uygʻurlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan siyosatni qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Tojikiston 37 ta davlat tarkibi ichida Xitoy tomonidan mahalliy aholi – uygʻurlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Kыrgыzskiye pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Josus dastur: Xitoyda turistlar telefoniga nomaʼlum ilova oʻrnatilmoqda – OAV

Tojikiston, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar vakillari BMTning inson huquqlari boʻyicha kengashining 41-chi sessiyasi yakuni boʻyicha Sintszyan-Uygʻur avtonom tumanida XXR siyosatini qoʻllab-quvvatlovchi bayonotni imzoladi.

Uygʻurlar bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan davlat vakillari taʼkidlashicha, soʻnggi uch yil ichida Sintszyan-Uygʻur avtonom tumanida yirik jinoyat va terrorchilik harakatlar sodir etilmadi, bu esa  Xitoy siyosatining toʻgʻri yoʻnalish tanlanganligidan dalolat beradi.

Bundan avval Xitoyning uygʻurlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni muhokama qilinishida 22 ta davlat (ular ichida – Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) murojaat tayyorlashgan, unda Xitoy mahalliy musulmon aholi vakillari bilan qonunga zid boʻlgan munosabat va inson huquqlari buzilishi holatlariga eʼtibor qaratishgan.

Ochiq xatda uygʻurlar toʻliq kuzatuvga olingani, tazyiq va maxsus tarbiya jamloqlari yaratilgani haqida yozilgan.

Bundan avval The Guardian nashri yozishicha, 2017 yilda har beshinchi hibsga olish Sintszyanda amalga oshirildi, qayta tarbiyalash jamloqlardagi mahbuslar soni 120 dan 180 ming kishi tashkil qiladi.

Xitoy, oʻz navbatida, uygʻurlarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunlarga rioya etilayotganiga amin boʻlish uchun xorijiy davlat diplomat vakillarini Sintszyan-Uygʻur avtonom tumaniga tashrif buyurishga taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0