TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli boʻlgan Saudi Aramco neft kompaniyasi LUKOYL bilan Oʻzbekistonda hamkorlikniyoʻlga qoʻyish istiqbollari bilan qiziqmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Saudiya kompaniyasi, xususan Oʻzbekistonda ikkita gaz konida Lukoyl bilan hamkorlikni rivojlantirishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini oʻrganmoqda.
Oʻz navbatida Lukoyl ham Saudi Aramco bilan oʻzining xalqaro loyihalari doirasida, shuningdek izlanishlar yangi texnologiyalar yaratish borasida hamkorlik qilish imkoniyatini oʻrganayotganini maʼlum qildi.
Ikki yirik kompaniya vakillari Rossiya va Saudiya Arabistonining ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi majlisida uchrashib, oʻzaro takliflar bilan almashishdi. Muzokaralar iyun oyining boshida Moskvada boʻlib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, Saudi Aramco dunyoning eng yirik neft kompaniyasidir. 2018 yil yakuni boʻyicha kompaniya daromadi 111 milliard dollarni tashkil qildi. Ushbu koʻrsatgich Apple, Google va ExxonMobil kompaniyalari daromadlarini qoʻshib hisoblaganda ham – ulardan ortiq.