TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Nestle Uzbekistan MCHJ mamlakatda bir nechta korxonalarini Lactalis kompaniyasiga sotilganligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti ushbu kompaniya matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Nestle Uzbekistan va Lactalis kompaniyalari oʻrtasida Oʻzbekistonda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini sotish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Frantsiya kompaniyasi Namangandagi ikkita Nestle fabrikasini boshqarish huquqini oldi.
Lactalis kompaniyasi Oʻzbekistonda Nestle global brendlari boʻlgan: Nesquik, Nido va Nestlé Pure Life suvlarini ishlab chiqarishi mumkin.
Nestle Uzbekistan QQ 1999 yilda tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda korxona tarkibida bir nechta zavod faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan ikkitasi Namanganda joylashgan boʻlib, ularda ichimlik suv va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.