TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. 2019 yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabr kuni imzolangan o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimi to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Hujjatda o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimini rivojlantirishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish, hujjatlarni rasmiylashtirishda ustuvorlik berish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish ko‘zda tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi 2019-yil avgust oyiga rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgan edik.