Toshkentda bir kunda ikki kishi cho‘kib ketdi

CC0 / Unsplash / Li Yang / Devushka plavayet v vodoyeme. Illyustrativnoe foto
Devushka plavayet v vodoyeme. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Toshkent shahrida ikki kishi suvda cho‘kib ketdi. Ulardan biri kuchli oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Toshkent shahrida bir kunda ikki kishi cho‘kib ketdi.

Vodolaz. - Sputnik O‘zbekiston
Cho‘kib ketgan qirg‘izistonlik ayolning jasadi O‘zbekistonda topildi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 14-iyul kuni soat 16:32 da Sergeli tumanida 32 yoshli Islom. M. Junariq kanalida cho‘milmoqchi bo‘lgan, ammo kuchli oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.

Xuddi shu kuni soat 21:04 lar atrofida Bektemir tumanida 36 yoshli Bekzod X. Toshkent halqa yo‘li yaqinida Chirchiq darosida suzishga qaror qilib, cho‘kib ketgan.

Shu bois, Toshkent shahar IIBB fuqarolarni ochiq suv havzalarida cho‘milish vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0