Namanganda maktab binosining faollar xonasida yong‘in sodir bo‘ldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPojar na progulochnom teploxode v Moskve
Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida maktab binosining faollar xonasida saqlangan 14 dona sport to‘shagi yonib zararlangan.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Namanganda maktab binosining faollar xonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

DOXX xabariga ko‘ra, 14-iyul kuni To‘raqo‘rg‘on tumani Xo‘jand mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Pojar na gruzovom avtomobile stal prichinoy tragedii - Sputnik O‘zbekiston
“KAMAZ” tirkamasida yongan somon bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘indan binoning 500 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida maktab binosining faollar xonasida saqlangan 14 dona sport to‘shagi yonib zararlangan.

Xonada vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr simlarida qisqa tutashuvi yong‘in sodir bo‘lishining taxminiy sababi sifatida ko‘rilmoqda

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bolalar sho‘xligi yong‘inga sabab bo‘lgani xaqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0