TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Astronomlar 15-iyul kuni Yerga o‘ta kuchli magnit bo‘ron kelgani haqida ogohlantirdi. Sputnik Moldova xabariga asosan.
Ob-havo sezgir odamlar o‘zini yomon his qilishi mumkin, ayniqsa yurak-qon tomir bilan hastalanganlar.
Shu kunlarda qon bosini nazorat qilish, stress holatlardan qochish, ko‘proq choy va o‘tli (moychechak, pustirnika, valeriana) damlanmalarni ichish tavsiya etiladi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu magnit bo‘ron so‘nggi o‘n yil ichida eng kuchli bo‘lishi mumkin.
2019 yilda quyosh faoligining yangi 11-yillik sikli boshlandi. Quyosh magnit bo‘ronlarining faolligi va kuchligi kuchayib bormoqda.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, elektromagnit sikli eng cho‘qqisi 2022-2023 yillarga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Quyosh faolligini Rossiyaning Quyosh rengen astronomiya laboratoriyasi saytida onlayn ravishda kuzatib borish mumkin.