O‘zbekiston fuqarolari qalbaki diplom uchun Finlandiyadan deportatsiya qilindi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishXelsinki manzarasi
Xelsinki manzarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV 140 nafar O‘zbekiston fuqarolarining Finlyandiyadan deportatsiya qilinishiga izoh berdi.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi 140 nafar O‘zbekiston fuqarolarining Finlyandiyadan deportatsiya qilinishiga izoh berdi.

“Riga shahridagi elchixona O‘zbekiston fuqarolarining qalbaki diplomlar tufayli Finlandiyadan deportatsiya qilinganligini tasdiqlaydi. Ayni damda TIV vaziyatni o‘rganmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Yle telekompaniyasi Finlandiya migratsiya xizmati(Migri) 140 nafar O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatdan deportatsiya qilinganligi haqida xabar tarqatgan edi. Migri xabariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar qalbaki hujjatlardan foydalangan. Xususan, ular ishga joylashishda 26 oldin yopilib ketgan qurilish texnikumining diplomlarini taqdim etishgan.

Yangiliklar lentasi
0