TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Navoiy pedagogika institutiga hujjat topshirish istagida bo‘lga abituriyentlar bobsimi ostida institut devori qulab tushdi.
To‘siq bartaraf bo‘lganidan so‘ng abituriyentlar institut eshigi tomon yugurishi tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston oliygohlariga kirish uchun hujjat topishirishning so‘nggi kuni. Hujjat topshirish 15-iyunda boshlangan bo‘lishiga qaramasadan, ko‘pchillik abituriyentlar “so‘nggi kunga” qadar cho‘zib kelishganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. O‘tgan haftada Qarshidagi oliygohlar oldida mingdan ortiq abituriyentlar jamlanib turgan fotosurat paydo bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar imtihonlarni o‘zlarining yashash joyiga yaqin bo‘lgan markazda topshirishlari mumkin. Shuningdek abituriyentlar bir emas 3ta institutni tanlashlari mumkin deb belgilangan.