Abituriyentlar uchun onlayn hujjat topshirish xizmati ishga tushdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatlarni qabul qilish uchun bir kun qolganda - onlayn hujjat topshirish tizimi ishga tushdi.

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Qabul tugashiga 1 kun qolganda abituriyentlar uchun onlayn hujjat topshirish xizmati ishga tushdi, deb xabar qilmoqda davlat xizmatlarining Yagona portali.

Endi abituriyentlar navbatda turmasdan mana shu havola orqali https://my.gov.uz/uz/students-admission quyidagi 5 ta OTMlarga hujjat topishirishlari mumkin:  

  • Toshkent davlat yuridik universiteti
  • Samarqand Davlat universiteti
  • Qarshi davlat uriversiteti
  • Farg‘ona davlat universiteti
  • Guliston davlat universiteti

Onlayn hujjat topshirish uchun hech qanday hujjat bo‘lishi kerak emas, ularning raqamini bilsa bo‘ldi. Shuningdek elektron imzo olish ham kerak bo‘lmaydi. Onlayn hujjat qabul qilish xizmati uchun to‘lov olinmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun hujjat topshirishning so‘nggi kuni. Qabul komissiyalari so‘nggi abituriyent qolguniga qadar hujjatlarni qabul qilishi kerak. Faqat sirtqi o‘qish uchun qabul 15-iyulgacha (o‘sha kuni ham).

Yangiliklar lentasi
0