Toshkentda tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘im stavkalari tasdiqlanadi

© FacebookOdnu iz ulis Tashkenta ochistili ot reklami i vivesok
Odnu iz ulis Tashkenta ochistili ot reklami i vivesok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdori ilova qilingan.

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. “Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar undirish vaqtinchalik tartibini belgilash va 2019-yil uchun yig‘im stavkalari to‘g‘risida” poytaxt hokimligining qaror loyihasi tayyorlandi.

Demontaj reklami - Sputnik O‘zbekiston
Reklama to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Qaror loyihasiga Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdori ilova qilingan.

Hujjatda loyihasida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘im undirish tartibi tasdiqlangunga qadar Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish bo‘yicha ishlar (shartnomalarni tuzish, yig‘imlarni undirish, hisobini yuritish va boshqalar)ni Toshkent shahar hokimligi ta’sischiligidagi “Poytaxt reklama servis” DUK zimmasiga yuklatilishi belgilangan.

“Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun 2018-yil 1-dekabridan yig‘iladigan yig‘imlarning 10 foiziini “Poytaxt reklama servis” DUK ihtiyoriga, 90 foizini Toshkent shahar mahalliy budjetiga yo‘naltiriilishi belgilansin”, - deyilgan loyihada.

Hujjat 27-iyulgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0