Toshkentda avtokran yonib ketdi, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi

© Telegram-kanalV Tashkente zagorelsya avtokran, voditel pogib na meste
V Tashkente zagorelsya avtokran, voditel pogib na meste - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergeli tumanidagi 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran alanga oldi.

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Sergelida tumanidagi qurilishda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.

MChS soobshilo podrobnosti pojara v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida bolalar uyga o‘t qo‘yib yuborishdi

“12.07.2019 yil kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan”, - deyiladi xabarda.

Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan.

Yong‘in avtokran o‘qini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda “KAMAZ” tirkamasida yongan somon bir kishining umriga zomin bo‘lgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0