Samarqanddagi bog‘chada bir bolaning barmog‘i uzilib tushdi

CC0 / Unsplash / bady qb / Malchik sjimayet kulaki. Illyustrativnoe foto
Malchik sjimayet kulaki. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolakayga salkam besh soat davomida tibbiy yordam ko‘rsatilmagan

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Samarqanddagi bog‘chalarning birida bir bolaning barmog‘i uzilib tushdi, deb xabar berdi "Daryo" nashri.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 29-mart kuni Samarqand shahridagi 11-son bolalar bog‘chasida 2013-yilda tug‘ilgan Sanjar Hasanovning o‘ng qo‘lining jimjilog‘i uzilib tushgan.

Sanjar Hasanovning holati yuzasidan uning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postlarda yozilishicha, bog‘chada bolaning barmog‘i uzilib tushgan holatni prokuratura baxtsiz hodisa deb baholagan.

Shuningdek, nashr Sanjar Hasanovning buvisi Aziza Ma’murovaga tayanib, barmog‘i uzilib tushganidan so‘ng bolakayga salkam 5 soat davomida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani haqida yozgan.

Yangiliklar lentasi
0