Hukumat qarori: ba’zi obyektlar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi obyektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya xodimlari to‘rt odamni yong‘indan olib chiqdi

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi obyektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Yangiliklar lentasi
0