TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda viloyat hududlaridan oqib o‘tuvchi cho‘milishga ruxsat berilmagan kanallar va darolarda reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Reydlar davomida cho‘milish uchun ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milayotgan fuqarolarga ushbu hududlarda cho‘milish mumkin emasligi tushuntirilib, suv havzalaridan chiqarib yuborilmoqda, hamda voyaga yetmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularga kitoblar berilmoqda.
Bundan tashqari mavsum boshidan viloyat hududidan o‘tgan daryo, kanallar va ichki ariqlar bo‘ylarida “Cho‘milish ta’qiqlanadi” yozuvlari bo‘lgan 356 dona ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi.