Sheriklarga eng yaxshisi: Rossiya quroli o‘zbek armiyasini qanday mustahkamlamoqda

© Sergey Rusanov / Mediabankka o‘tishMejdunarodnie armeyskie igri v Tumenskoy oblasti
Mejdunarodnie armeyskie igri v Tumenskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent va Moskva o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik tobora rivojlanmoqda.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev 10-iyul kuni Moskvada savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik masalarini muhokama qiladi. Shubhasiz, ikki davlatning harbiy-texnikaviy hamkorligi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Udarnie vertoleti Mi-35  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga qanday qurollar yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston harbiy qudrati dunyoda 48-chi o‘rinda bo‘lib, Markaziy Osiyoda mudofaa sohasida eng yetakchi davlat hisoblanadi. Biroq mintaqada vaziyat murakkab, qo‘shni Afg‘onistonda urush davom etmoqda. Turli hisob-kitoblarga qaraganda, terorchi-jangarilar safida bir yarim mingga yaqin o‘zbekistonliklar bor. Afg‘on narkotrafigi ham o‘sib bormoqda, narkosavdogarlar yiliga 30 milliard dollarga yaqin mablag‘ Markaziy Osiyo davlatlarida terrorizm va diniy ekstremizmni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.

Bunga qarshi respublika mudofaa xarajatlari YaIMning 4 foizigacha yoki 1,5 milliard dollarga ko‘payadi va O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorligi mustahkamlanmoqda.

Voyennoslujashiy gotovit k vzletu malie bespilotnie letatelnie apparati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya harbiy dronlari uchun servis markaz ochilishi mumkin

Rossiyadan O‘zbekistonga harbiy texnikani yetkazib berilishi sezilarli darajada ko‘payishi kutilmoqda. 12 ta bitim kuchga kirdi, ular bo‘yicha yaqinda Toshkent yangi Su-30SM qiruvchilar, Mi-35M jangovar vertolotlar, BTR-82A bronetransporterlar va radioaloqa majmualarini oladi.

Birinchi bosqichda Rossiya ikki yil davomida O‘zbekistonga 12 dona Mi-35M vertolotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, Toshkent Moskvaga MiG-29 qiruvchi samolyotlar parkini modernizatsiya qilish uchun buyurtmani yuboradi.

Muvaffaqiyatli tanlov

Bundan avval Sputnik Rossiya tomonidan O‘zbekistonga o‘ndan ortiq Mi-35 rusumli jangovar vertoloti ichki narxlarida yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma imzonlangani haqida xabar bergandi. 2016-yildan beri O‘zbekiston ODKB va Bojxona ittifoqi hududidan tashqaridagi bunday imtiyozga ega bo‘lgan MDHning yagona davlati hisoblanadi.

Toshkent 4++ avlod Su-30SM qiruvchilarni Rossiya davlat eksport krediti hisobiga sotib olmoqchi. Yerda parvozlarni ta’minlash vositalari, ehtiyot qismlar, o‘q-dori, uchish va muhandis-texnik xodimlarini o‘qitish masalasi shartnomaga kiritish rejalashtirilgan.  

Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi

"Sopka-2" radioaloqa majmuasi havo harakatini boshqarish va uni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Bu majmua har qanday ob-havo sharoitida ishlashi mumkin.

Qayta qurollash istiqbollari

O‘zbekiston Rossiyaning o‘quv-jangovar Yak-130 samolyotiga ham qiziqish bildirmoqda. Bu samolyot Markaziy Osiyo davlatlarida katta talabga ega, undan Rossiya, Bangladesh, Belarus, Laos, Myanmada muvafaqqiyatli foydalanilmoqda. Ehtimol, Toshkent ham bu yo‘nalishda tegishli shartnoma tayyorlamoqda.

Bu samolyotning taktik-texnik xususiyatlari: maksimal uchish balandligi – 12,5 ming metr, tezligi – 1050 km/soat, uchish uzoqligi – 1850 kmgacha. Samolyot turli boshqaruvdagi raketalar bilan qurollanishi mumkin. Shuningdek, harbiy-texnikaviy hamkorligining boshqa istiqbolli yo‘nalishlari  mavjud.

Shubhasiz, eski qadrdon ikkita yangi do‘stdan afzal. Buning tasdig‘i – 2017-yil 17-aprelda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Shartnoma imzolangan.  

Yangiliklar lentasi
0