Putin o‘tkazayotgan yig‘ilish vaqtida talaba qiz hushidan ketdi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin talabaning tobi qochgani uchun yig‘ilishni to‘xtatdi.

Seshanba kuni Rossiya prezidenti Yekaterinbergga keldi. U yerda Ural federal universitetga tashrif buyurdi.

Prezident talabalar bilan uchrashdi. Suhbat savol-javob formatida o‘tkazildi.

Bir soatdan so‘ng, talabalardan biri hushidan ketdi.

Vladimir Putin darhol suhbatni to‘xtatib, talabaga yordam ko‘rsatilishini so‘radi.

Yangiliklar lentasi
0