TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel Finlandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv vaqtida yana o‘zini yomon his qildi. Bu haqda N-tv telekanali xabar qilmoqda.
Merkelni yana qaltiroq tushishi aks etgan video Twitter ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Videoda Merkel va Rinne tik turgan holda nutq tinglayotgani tasvirlangan. Kutilmaganda kanslerni qaltiroq tutadi, ammo u joyidan jilmaydi. Fin hukumati rahbari bunga e’tibor bermaydi.
#Merkel zittert ein drittes Mal heute beim Empfang des Ministerpräsidenten Antti Rinne. Vielleicht sollte sie sich wirklich mal ernsthaft durchchecken lassen. Das hat nichts mit Schwäche zeigen zu tun! pic.twitter.com/wAcgCwqXRc
— Basti (@djcooky78) 10 iyulya 2019 g.
Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Merkel o‘zini yaxshi his etayotgani va Finlandiya bosh vaziri bilan muzokaralar belgilangan tartibda o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etish joizki, bu bir oy ichida shunga o‘xshash uchinchi holatdir. Iyun oyida Merkelni Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda titroq bosgandi.
Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chog‘ida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi.
Angela Merkelning o‘zi jurnalistlarga salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammo yo‘qligini aytgandi.