Abdulla Aripov ertaga Moskvaga keladi

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokara o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. 2019-yil 10-iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Premyer-ministr RF D. Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev va Aripov hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Xabarda aytilishicha, tashrif dasturida 30-may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston delegatsiyasi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududida “O‘zbekiston” pavilonida hamda qator korxona va tashkilotlarda bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0