AQShda sentabrda defolt bo‘lishi mumkin – OAV

© REUTERS / Dado RuvicDollari
Dollari  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda juda kam soliq tushumlari sababli sentabrda defolt yuz berishi mumkin.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. AQShda juda kam soliq tushumlar tufayli sentabrda defolt yuz berishi mumkin. Bu haqda Blumberg agentligi xabar qildi.

Stodollarovie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Xitoy va Yevropa dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechmoqda

AQSh davlat qarzining limiti, agar kongres uni ko‘paytirish bo‘yicha qaror qabul qilmasa, sentabr boshida ko‘tarilishi mumkin. Bundan avval mutaxassislar AQSh bu belgidan 2019-yil oktabr-noyabrda oshishi mumkinligi haqida aytishgandi.

Buning sababi juda kam soliq tushumlar bo‘lishi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 6 foiz ko‘payishi ko‘tilgan edi, biroq tushumlar atigi 3 foizga ko‘paygan.

Bundan tashqari, AQSh parlamentining quyi palatasi 26-iyulda ta’tilga ketadi, davlat qarzining limitini ko‘paytirish masalasi hali ko‘tarilmadi.

VZT iqtisodiy siyosat bo‘lishi rahbari Shay Akabasning so‘zlariga ko‘ra, hukumat davlat qarzi bo‘yicha qaror qabul qilmasdan ta’tilga ketishi kerak emas. Aks holda Vashington o‘z kredit majburiyatlarini bajarilishini ta’minlay olmasligi mumkin.

2019 yil boshida AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 22 trillion dollardan oshdi. Bundan tashqari, 2018 moliyaviy yilda AQSh budjet defitsiti 17 foizga ko‘payib, 779 milliard dollarga yetdi.

2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich trilliondan oshishi mumkinligi haqida taxminlar bor. Davlat qarzi o‘sishni tezlashtirish tendensiyasini saqlab qolishi ehtimoli bor, chunki hukumat xarajatlari umuman nazorat qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0