Qozog‘istonlik polvon uchinchi marta Ginnes kitobiga kirishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishZabivanie gvozdey golimi rukami
Zabivanie gvozdey golimi rukami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘p karra jahon chempioni Sirulnikov hammani lol qoldirdi. U 1 daqiqa 48 soniyada qo‘li bilan 10 dona tovani mix bilan taxtaga qoqib qo‘ydi.

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Qozog‘istonlik polvon Sergey Sirulnikov qo‘li bilan mixni taxtaga qoqish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Uning bu yutug‘i Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin.

Ko‘p karra jahon chempioni Sirulnikov bu safar ham hammani lol qoldirdi. U 1 daqiqa 48 soniyada qo‘li bilan 10 dona tovani mix bilan taxtaga qoqib qo‘ydi.

Bundan oldingi rekord rossiyalik sportchiga tegishli bo‘lgan, u bu vazifani ikki daqiqada amalga oshirgandi.

Ilgariroq, Petropavlovsk shahrida poytaxt kuniga bag‘ishlangan tantanada Sirulnikov bir qo‘li bilan odamni ko‘tarish bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. U vazni 105 kilo bo‘lgan odamni yetti marta ko‘tardi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Sergey Sirulnikov (@sergei030485)

Sirulnikovning ikkita - mixlarni bog‘lash va 180 tonnalik vagon bilan teplovozni tortish bo‘yicha rekordi Ginnes kitobida yozilgan.

Yangiliklar lentasi
0