Prezident avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirishni buyurdi

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev "O‘zavtosanoat" vakillari bilan majlis o‘tkazmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zavtosanoat vakillari bilan majlis o‘tkazmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2023-yilga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 250 mingdan 350 mingga yetkazishni buyurdi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“Avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga umumiy ishlab chiqarish hajmini 2023-yilga qadar hozirgi 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasi qo‘yildi” – deyilgan xabarda.

Buning uchun, avvalo, tarmoqda ilg‘or boshqaruv tizimini joriy qilish, xorijiy konsalting kompaniyalari mutaxassislarini jalb etib, ishlab chiqarish va mahsulot tannarxini optimallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ko‘plab davlatlarga eksport qilinadi, istiqbolli bozor Rossiya bo‘lib qolmoqda.  - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors: avtomobillar qanday ishlab chiqariladi - foto

Shuningdek prezident ushbu sohada 2019-yilning 1-oktabridan imtiyozlar bekor qilinishi munosabati bilan korxona raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish kerakligini ta’kidladi.

Bugungi kunda 5 turdagi yengil avtomobil 5 ta alohida platformada ishlab chiqarilayotgani ham xarajat, resurs va vaqt sarfini ko‘paytirib, mahsulot narxiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu bois yig‘ilishda yagona platformada bir necha markadagi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Ushbu yig‘ilishda soha rahbariyati bergan axborotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning birinchi yarmida ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154 foizga oshib, 1 trillion so‘m sof foyda olingan. Qariyb 73 million dollarlik avtomobillar eksport qilingan. Ichki bozorda mahalliy avtomashinalar ulushi 97 foizga yetgan. 

“Biroq  lokalizatsiya darajasi hozircha maqtanarli emas: yengil avtomobillar ishlab chiqarishda - 45 foiz, yuk avtomobillari va avtobuslarda -  24 % xolos”, - deyilgan xabarda. 

Yig‘ilishda lokalizatsiya darajasini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali eksportni ko‘paytirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Yangiliklar lentasi
0