Aholiga arzon mahsulot kerakmi yo investor...

Proizvodstvo xolodilnikov
Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojlarni kamaytirib bozorni ochib qo‘ysak investorlar kelmaydi – dedi savdo va sanoat vazirligi vakili. Bojlarni oshirsak - aholi uchun hamma narsa qimmat bo‘ladi, deb javob berishdi jurnalistlar.

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Import bojini kamaytirish kerakmi yoki oshirish - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Jurnalistlarning “Maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import mahsulotlarga qo‘yilgan bojlar tufayli monopoliyaga yo‘l ochib bermayapmizmi?” degan savoliga vazirlik vakillari quyidagicha jvob qaytarishdi.

Obuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga chetdan kirib kelayotgan poyabzallarga boj oshirilsa nima bo‘ladi?

“Maishiy texnika tayyor mahsulotlari uchun import bojini “no‘l” qilib qo‘ysak, shu sohani rivojlantiraman deb O‘zbekistonga qaysi investor keladi? — deya savolga savol bilan javob qaytardi vazirlik boshqarma boshlig‘i Fazliddin Ro‘ziyev. — Agar biz importni ochib qo‘ysak, u tayyor mahsulotni olib kelib sotaversa, valyutamiz chetga chiqib ketaversa, shu to‘g‘rimi? Qaysi salohiyatli sarmoyador kelib mamlakatimizda ishlab chiqarish tashkil qiladi?

10 yil oldin O‘zbekistonda maishiy texnika vositalari ishlab chiqaradigan bitta “Artel” kompaniyasi bor edi. Hozirga qadar yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qancha qarorlar chiqarildi, chora-tadbirlar belgilandi. Shuning natijasida ichki bozorning 50 foizini maishiy texnika bilan qamrab oldik. Aynan maishiy texnika mahsulotlarini endi eksport uchun ham ishlab chiqarapmiz. Bunday turdagi tovarlarimiz Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistonga eksport qilinyapti. Hatto o‘zimizning tadbirkorlar o‘sha davlatlarda ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilyapti, - dedi mutaxassis. 

Shundan so‘ng jurnalist - Fuqarolarimiz Qozog‘istonga chiqib, 200 ming so‘mga texnika sotib olib kelgani yaxshimi yoki o‘zimizda chiqarilgan mahsulotlarni 500 ming so‘mga xarid qilgani yaxshimi, O‘zbekistonga investorlar kelsin deb? Aholi uchun qaysi birini foydaliroq deb hisoblaysiz?, deb masalani ko‘ndalang qo‘ydi.

Misol tariqasida “Artel”  maishiy texnika mahsulotlari keltirildi. O‘zbekistonda 500 ming so‘mga sotilayotgan mahsulot Qozog‘istonda 100-200 ming arzon sotilayotgani aytib o‘tildi.

“Birinchi marta chegaralar ochilganda odamlar Qozog‘istonda mahsulotlar xuddi tekin, arzon deb o‘yladi-da, olib kelaverdi, — dedi Fazliddin Ro‘ziyev. — Lekin hozirgi holat bilan solishtirib ko‘rish mumkin, bugungi kunda o‘zimizning mahsulotlar sifat va narx jihatidan qo‘shni davlatlardagi bilan tenglashdi. Agar biz mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlab, narx siyosatini nazorat qilib, ishlab chiqarish parametrlariga e’tibor bersak, talab qo‘ysak, bu ertaga albatta mevasini beradi. Agar siz aytganday, aholiga arzon bo‘lsin deb imort bojini bekor qilsak, bu iqtisodiy nuqtayi nazardan yaxshilikka olib kelmaydi”. 

Yangiliklar lentasi
0