TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Toshkentdagi Salom ko‘chasida joylashgan “Oltintepa” va “Podshohbog‘” mahallalarida piyodalar yo‘laklari qayta ochilmoqda, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu mahallalar orqali o‘tgan Salom ko‘chasida, piyodalar yo‘lagi yo‘q bo‘lib ketgan. Ularni uy egalari noqonuniy ravishda egallab olib, binolar, parkovkalar, temir panjara va bog‘lar qurib egallab olishgan. Oqibatda piyodalar hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, avtomobil yo‘llaridan harakatlanishga majbur bo‘lishmoqda.
Shu bilan birga, ko‘mib tashlangan ariqlar, drenaj kanalizatsiyalar qayta ochilib, kommunikatsiyalar yangilanmoqda. Shuningdek elektr sim yog‘ochlar o‘rniga simlarni yer ostidan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Tadbir davomida Oltintepa va Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chalarini tutashtiruvchi Salom ko‘chasi bir necha haftaga davomida yopiq bo‘lishi ham aytib o‘tilgan.