TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Buxoroning G‘ijduvon tumanida Cobalt va Gentra to‘qnashuvida 4 kishi vafot etdi, deb xabar qilmoqda “Podslushano v Buxare” telegram kanali.
“G‘ijduvonda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Cobalt va Gentra katta tezlikda yuzma-yuz to‘qnashdi! Guvohlar aytishiga qaraganda haydovchilardan biri mast bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.
Undan so‘ng paydo bo‘lgan yana bir xabarda, Buxoro Tibbiyot instituti talabasi G‘izduvondagi YTHda 2 ayol, 5 erkak va 4 kishi jabrlanganining guvohi bo‘lganini xabar qilgan. Tibbiyot oliygohi talabasining so‘zlariga ko‘ra, 1 ayol va 2 erkak voqea joyida qurbon bo‘lgan, yana bir yosh bola reanimatsiyada vafot etgan. Yana reanimatsiyada ikki bolaning ahvoli og‘ir, deyilgan xabarda.
Yana mast holda avtomobilni boshqarish, yana YTX, yana qurbonlar. Odamlarga qachon aql kirarkan, yoki mast holda avtomobil haydovchilar hamma eplay olmasa ham ham men eplayman deb o‘ylaydimi?