Medvedev va Aripov Moskvada uchrashuv o‘tkazadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF Dmitriy Medvedev pribil s ofitsialnim vizitom v Uzbekistan
Premyer-ministr RF Dmitriy Medvedev pribil s ofitsialnim vizitom v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar savdo, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalarni muhokama qiladilar

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va RF hukumat rahbari Dmitriy Medvedev 10-iyul kuni Moskvada uchrashishadi, deb xabar berdi Rossiya hukumati matbuot xizmati.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan 10-iyul kuni Moskvada muzokara o‘tkazadi.  Uchrashuv davomida vazirlar savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev yaqinda O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida Rossiya bosh vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan, shuningdek, Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etgandi. Uchrashuv yakunida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida hamkorlikka oid kattagina hujjatlar paketi imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0