TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Qozon shahrida Salavatdagi bankdan 20 million rubl o‘g‘irlashda gumonlanuvchi g‘aznachi qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volkga asosan xabar qildi.
Boshqirdiston IIV matbuot xizmati bank g‘aznasidan pul o‘g‘irlashda gumonlanuvchi ayol may oyida qidiruvga berilgani haqida xabar qildi. Ta’kidlanishcha, ayol bilan uning oilasi ham g‘oyib bo‘ldi.
Ayol Qozon shahrida ijara uyda qo‘lga olindi. Hozirgi vaqtda tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘g‘irlangan pullar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Shu bilan birga, politsiya xodimlari tomonidan ayolning qiz farzandlari va turmush o‘rtog‘ini qidirish ishlari davom etmoqda. Bundan avval ayolga tegishli bo‘lgan avtomashina topildi.