GM Uzbekistan o‘z nomini o‘zgartirdi. Buyog‘i endi nima bo‘ladi?

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Alyans GM Uzbekistan" konsepsiyasini rivojlantirish doirasida maslahat va texnik ko‘mak taqdim etishga yo‘naltirilgan GM Advisory Services kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondagi yengil avtomobillar bozorini monopoliyadan chiqarish va Chevrolet dan tashqari yangi brendlarni yaratishga qaratilgan

TOShKENT, 5-iyul - Sputnik. GM Uzbekistan o‘z nomini o‘zgartirgani bilan, bu uning ish sifatiga ta’sir etmaydi. Yangi o‘zgarishlar bizga yangi modellarni o‘zlashtirish uchun yo‘l ochmoqda, dedi Asaka shahrida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan press-tur davomida Uzauto Motors bosh direktori vazifasini ijro etuvchi Rustam Rajabov.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ko‘plab davlatlarga eksport qilinadi, istiqbolli bozor Rossiya bo‘lib qolmoqda.  - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors: avtomobillar qanday ishlab chiqariladi - foto

Rajabovning aytishicha, ikkiyoqlama imzolangan "Alyans GM Uzbekistan" xalqaro hujjatiga ko‘ra, GM O‘zbekiston bozorini tark etgani yo‘q. U texnik ko‘mak berishda davom etadi va avtomobillar, dvigatellar hamda komplektlovchilar ishlab-chiqarilishi uchun komponentlarni yetkazishda davom etadi. "O‘zavtosanoat" esa General Motorsning ayrim modellarini ishlab chiqarishda davom etadi.

"GM ketdi, deb yozishapti, yo‘q, u ketmadi. Ish faoliyatimiz o‘zgarmadi, nom o‘zgardi, xolos. "GM qolsa bo‘lmasmidi?", deb savol berishayapti. Yo‘q, qolsa bo‘lmasdi. O‘tgan yili biz bu haqda aytgan edik. GM o‘z ulushini O‘zbekiston hukumatiga sotdi. Endilikda bu tufayli mahsulotlarni mahalliylashtirishni chuqurroq amalga oshiradigan tizimga o‘tdik. Ushbu rebrending O‘zbekiston uchun foydali bo‘ladi. Misol uchun, ilgarilari GM bilan ishlaganimizda, ularning katta-katta texnik markazlari bor edi, ular hamma narsani ixtiro qilardi, biz hech narsa qilolmasdik. Hatto mashinani farasi yoxud rangini ham o‘zgartirolmasdik. Buning uchun Amerikaga yoki Koreyaga chiqishga to‘g‘ri kelardi. Mana bugun biz bu borada mustaqillikka ega bo‘ldik", - deya tushuntirdi Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq GM Uzbekistan Chevrolet Equinox krossover va Shevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasining taqdimotini o‘tkazgan edi.

"Alyans GM Uzbekistan" konsepsiyasini rivojlantirish doirasida maslahat va texnik ko‘mak taqdim etishga yo‘naltirilgan GM Advisory Services kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondagi yengil avtomobillar bozorini monopoliyadan chiqarish va Chevrolet dan tashqari yangi brendlarni yaratishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0