TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Fransiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofdagi kishilarni uyg‘otayotgan xo‘roz ishi bo‘yicha sud jarayoni ketmoqda. Bu haqda RIA Novosti Monde gazetasiga asosan xabar qildi.
Bu holat Sharanta departamentida ko‘rib chiqilmoqda. Moris laqabli xo‘roz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi Biron ismli qo‘shni shikoyat qildi.
Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishmoqda. Bu pulni ular halok bo‘lgan dengizchilarga yordam berish uchun o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Biron va Fesso o‘rtasida janjal bir yildan ortiq davom etmoqda. 2017-yil bahor mavsumida xo‘roz shovqiniga chek qo‘yish maqsadida arz qilishgan. O‘sha vaqtda xo‘roz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlandi. Buni 155 ming kishi qo‘llab-quvvatladi.
4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisiga da’vogar va xo‘roz egasi kelmadi. Sudda Biron va Fesso yashayotgan hudud qishloq joy yoki shahar ekanligi - asosiy bahs mavzusi bo‘ldi. Da’vogar advokatlarining ma’lum qilishicha, ularning mijozlari yashaydigan hudud qishloq joyi emas, balki shaharga yaqin uylar joylashgan hududga kiradi.
Sud bu ish bo‘yicha 5-sentabrda qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Euronews telekanali yozishicha, bu sud jarayonini mahalliy tovuq ferma egalari katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda. Bu holat ularning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan ko‘rqishmoqda.
Shu bilan birga, qishloq tovushlari “Fransiyaning milliy boyligi” deb tan olishni taklif qilgan Jiron qishlog‘i hokimining tashabbusi ko‘pchilik tomonidan ijobiy qarshi olindi.