Vladivostokdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoshi
Avtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi Primore o‘lkasida 2018-yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. 30 iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi O.R. vafot etdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, u Primore o‘lkasida 2018-yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.

Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda 15 yoshli o‘quvchi o‘zbekistonlikni pichoqlab o‘ldirdi

Ayni paytda Bosh konsulxona konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Agentlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan fuqaroning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Yangiliklar lentasi
0