Toshkentdagi yangi qurilayotgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in sabablari ma’lum qilindi

© Potrebitel.Uz / FacebookStali izvestni prichini pojara v novostroykax
Stali izvestni prichini pojara v novostroykax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan uy alanga oldi. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Bugun soat 06:33da Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi 35-uy qarshisida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasida penoplast bo‘laklari 40 kv.m maydonda yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Budni uzbekskix pojarnikov - Sputnik O‘zbekiston
IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi

Xabarda yozilishicha, yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 06:37da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 06:44da bartaraf etilgan.

“Yong‘in sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan,  deb taxmin qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0