Toshkentda Spark haydab ketayotgan ayol hushidan ketib, “Bo‘zsuv” kanaliga quladi

© Facebook/Voditeli Tashkenta"Govorite blizkim, chto lyubite ix": kak jenshina chudom spaslas ot smerti
Govorite blizkim, chto lyubite ix: kak jenshina chudom spaslas ot smerti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to‘satdan hushidan ketib, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan “Bo‘zsuv” kanaliga qulagan.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Toshkentda mashinasida chuqurligi 5 metr bo‘lgan “Bo‘zsuv” kanaliga​ tushib ketgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi.

FVV xabariga ko‘ra, 1-iyul kuni Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. Spark rusumidagi avtomobili bilan “Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan.

Peshexodniy perexod v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to‘satdan hushidan ketgani ma’lum bo‘lgan. Natijada haydovchi 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan “Bo‘zsuv” kanaliga qulagan. Mashina suvga to‘lgandan so‘ng N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

“Mazkur hodisa yuzasidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishdi”, - deyiladi xabarda.

Bu haqda fuqaro N.I. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0