Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biri bir oyga yopiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishDorojniy znak "Kirpich"
Dorojniy znak Kirpich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Namunali ko‘cha” loyihasi doirasida mahallalardagi kichik va tor ko‘chalar ta’mirlanmoqda.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Salom ko‘chasi bir oyga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Salom ko‘chasi “Namunali ko‘cha” loyihasi dasturiga kiritilgan.

Hozirda ushbu ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli Salom ko‘chasi transportlar harakati uchun iyul oy so‘nggiga qadar yopiladi.

Shahar hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0