Ayol kishi har qanday ko‘rinishda go‘zal

© BKMargarita Gracheva
Margarita Gracheva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eri rashk tufayli barmoqlarini kesib tashlagan ayol fotosessiya orqali internet yulduziga aylandi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Moskva yaqinidagi Serpuxov shahrida yashovchi Margarita Gracheva ijtimoiy tarmoqlarda nashr etgan fotosessiyasi bir zumda ommaviylashib ketdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Gap shundaki, taxminan ikki yil oldin  Margaritaning eri mast holda rashk tufayli xotinining barmoqlarini bolta bilan chopib tashlagan edi. Ushbu voqea rossiya OAVlarida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

© BKMargarita Gracheva
Ayol kishi har qanday ko‘rinishda go‘zal - Sputnik O‘zbekiston
Margarita Gracheva

“V Kontakte” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan fotosuratlarida Margarita protez bilan chiroyli kyimda suratga tushgan. Juda ko‘p foydalanuvchilar unga “Siz ajoyibsiz, protez sizni yanada chiroyli qildi” kabi maqtov so‘zlarini aytishgan.

© VKMargarita Gracheva
Ayol kishi har qanday ko‘rinishda go‘zal - Sputnik O‘zbekiston
Margarita Gracheva

Ushbu fotosuratlarni bir zumda xorijiy nashrlar ham chop etishdi. Britaniyaning Daily Star, Mirror va Daily Mail nashrlari ushbu suratlarga “Qoyilmaqom” deb baho bergan. Britaniya jurnalistlari rossiyalik ayolning matonati va o‘ziga ishonchiga qoyil qolishgan.

© VKMargarita Gracheva
Ayol kishi har qanday ko‘rinishda go‘zal - Sputnik O‘zbekiston
Margarita Gracheva

 

Yangiliklar lentasi
0