Soliq yuki kamaytirilsa ham budjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBexzod Musayev glava GNK
Bexzod Musayev glava GNK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq yuki kamaytirilishi natijasida - budjet tushumlari va yangi ish o‘rinlari soni keskin oshmoqda - DSQ raisi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan yarim yil davomida soliq yuki kamaytirilgan bo‘lishiga qarmasdan, budjetga tushumlar miqdori 162 %ga oshdi, dedi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Musayev aytishiga qaraganda, 2019-yil boshidan buyon ham tadbirkorlarga nisbatan ham jismoniy shaxslarga nisbatan soliq bosimi kamaytirilgan. Xususan - 3.2 % ijtimoiy to‘lovlar yo‘q qilingan, maoshlardan olinadigan daromad solig‘i 22 % dan 12 % ga tushirilgan, 8 % sug‘urta badali yo‘q qilingan, mol-mulk solig‘i 5 %dan 2% ga tushirilgan, tadbirkorlardan olinadigan yagona ijimoiy solliq 22 %dan 12 % ga tushirilgan.  

Qo‘shimcha daromad va ish o‘rinlari

Buning natijasida 500 trillion so‘m mablag‘ xo‘jalik subyektlari ixtiyorida qoldi. Bu O‘zbekiston YaIMning 2% i degani.  

Shuningdek jismoy shaxslar qo‘lida 1,4 trillion so‘m qoldi. Oylik oshmadi, boshqa daromadlar qo‘yilmadi, faqat soliq bosimini kamaytirish natijasida shuncha qo‘shimcha daromad olindi.

Tadbirkorlik subyektlari imkoniyat ochilganini his qildi. Bu birinchi navbatda yaratilayotgan ish o‘rinlari sonidan ko‘rish mumkin.

2019 yilning birinchi yarmida 571 ming ish urinlari yaratildi yoki legallashtirildi, desak ham bo‘ladi.  O‘zi yillik rejamiz 575 ming edi, yarim yil ichida u bajarib bo‘lindi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Yil boshida biz 35 ming tadbirkor qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi deb rejalashtirgan edik. Lekin yarim yilning o‘zida QQS to‘lovchilari soni 48 ming kishini tashkil qildi. Yil oxiriga qadar ularning soni 75 mingga chiqishi kutilmoqda.

Soliqlar kamayishi natijasida budjet tushumlari bo‘yicha qo‘rquvimiz bor edi. Lekin birinchi yarim yillikda 162 % o‘sishga erishdik, 2018-yilning shu davriga nisbatan. Demak qo‘yilgan qadamlar to‘g‘ri ekan.

Prezident farmonining asosiy mohiyati – sog‘lom raqobat muhitini yaratish. Hozirgi kunda QQS kiritilishi bilan ayrim sohalarda imtiyozlar saqlanib qolgani uchun, raqobat muhiti bir xil bo‘lmasdan QQS zanjiri uzilib qolayotgan edi. ushbu zanjirni yaratish uchun ushbu farmon qabul qilingan.

Misol. Ushbu farmon chiqanidan so‘ng birinchi yarim yillikda bizga juda ko‘p fermerlar murojaat qilishdi. Ular “Biz ham QQS to‘lovchisi bo‘laylik, chunki, mahsulot ishlab chiqarishda biz ham o‘g‘it sotib olamiz, yonilg‘i-moylar sotib olamiz, gaz sotib olamiz – bularning barchasi QQS to‘lanadiga mahsulotlar. Biz QQSdan ozod bo‘lsak, ushbu xarajatlar to‘liq mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Oqibatda xarajatlar miqdori oshib ketadi.  

Jazo o‘rniga yordam berildi

Undan tashqari, prezident soliqchilarga tadbirkorlarga siz deb murojaat qilasizlar, tekshirmaysizlar deb aytganidan so‘ng, yil boshidan buyon birorta ham tadbirkor ma’muriy javobgarlikka tortilmadi. Aksincha soliqchilar joylarda bo‘lib kameral nazorat o‘tkazdi, aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatildi. To‘g‘rilangan kamchiliklar umumiy qiymati 14,3 trillion  so‘mni tashkil qildi. Avvalari bunday xatolar uchun ulan jarima to‘lash kerak bo‘lardi.

Yangiliklar lentasi
0