Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim qonunni imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil
Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi federal qonunga imzo chekdi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan.

Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarni AQShga yo‘naltiradi - Putin

“Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida 1987-yil 8-dekabrda Vashingtonda imzolangan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishi to‘xtatilsin”, - deyiladi hujjat matnida.

Qonunda Rossiya tomonidan shartnomani qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror davlat rahbari tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu shartnoma Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987-yilning dekabrida imzolangan edi. 1991-yilning iyun oyiga kelib shartnoma bajarilgan: Sovet Ittifoqi 1846 dona, AQSh esa 846 dona raketa komplekslarini yo‘q qilgan. Biroq, AQSh yetakchisi Donald Tramp 2-fevraldan boshlab AQSh ushbu shartnomadan chiqishini e’lon qildi. Rossiya shartnoma majburiyatlariga qat’iy rioya qilib kelayotganini bir necha bor ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0